Python va Sun’iy Intellekt (AI) yo‘nalishini professional darajada o‘zbek tilida o‘rganing. 18 ta modul, 50+ amaliy mashq, real loyihalar va portfolio bilan.
Amalyotga asoslangan solo(yolg'iz) o'ziz uchun o'quv dasturi
Barcha darslar o‘zbek tilida, sodda va tushunarli tarzda tushuntirilgan
Har bir modul real loyihalar va amaliy mashqlar asosida chuqur mustahkamlanadi
Har bir misol uchun to‘liq ishlaydigan va bevosita nusxalab qo‘llash mumkin bo‘lgan kodlar taqdim etiladi
Python asoslaridan boshlab loyihani deploy qilishgacha bo‘lgan to‘liq o‘quv yo‘l xaritasi
Kurs materiallari muntazam yangilanib, eng so‘nggi talqin asosida taqdim etiladi
Machine Learning, Deep Learning va AI modellarini yaratish, o‘qitish hamda real loyihalarda qo‘llash
Kurs davomida GitHub uchun tayyor real loyihalar va ishga topshirish mumkin bo‘lgan portfolio
Telegram orqali o'quvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladi.
Har bir modul bosqichma-bosqich, amaliy misollar bilan
Real dastrulardan olingan kod namunalar
Software Engineer
Men Python backend va AI yo‘nalishida faoliyat yurituvchi software engineer sifatida production darajadagi tizimlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tajribaga egaman. Faoliyatim davomida Kun.uz, Payme, Uzcard va Proweb kabi yirik platformalar bilan bog‘liq loyihalarda ishlash orqali real biznes jarayonlari va yuqori yuklama ostidagi tizimlar bilan ishlash tajribasini orttirganman.
Ushbu o‘quv dasturini o‘z tajribam va amaliy bilimlarim asosida ishlab chiqdim. Agar bu dastur sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, bundan juda xursand bo‘laman. Savollaringiz yoki takliflaringiz bo‘lsa, bemalol Telegram sahifamga o‘ting va istalgan post ostida izoh qoldiring — albatta javob beraman.